2018 yil 17 fevral kuni institutning katta anjumanlar zalida yig’ilish o’tkazildi.
Ushbu yig’ilishni O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov olib bordi.
Yig’ilishda institutning 2018/2019 o’quv yili uchun qabul kvotasi bo’yicha
ta’limning kunduzgi, sirtqi va kechki shakliga korxona va tashkilotlarning
kadrlarga bo’lgan talab va extiyojlaridan kelib chiqib shakllantirilgan
ma’lumotlar Viloyatning iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish
bosh boshqarmasiga taqdim etilganligi bildirildi.
Marketing bo’limi boshlig’i, fakultet dekanlari va yo’nalish kafedra
mudirlariga o’z yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha bakalavriat
ta’lim yo’nalishlarining kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllari va
magistratura mutaxassisliklari bo’yicha korxona va tashkilotlardan
tushgan talab va ehtiyojlar sonini yana bir bor muvofiqlashtirish, va
yetishmayotganlarini shakllantirish bo’yicha yo’l qo’yilgan kamchiliklarni
bartaraf etish bo’yicha topshiriqlar berildi.
Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20-son qarori bilan
tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov
asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risida nizom” talabalaridan kelib
chiqib kelgusi tanlovlarda barcha professor-o’qituvchilar fol qatnashishi
lozimligi to’g’risida Kadrlar bo’limi boshlig’i Q.Mirzaev o’z so’zida to’xtalib o’tdi.
SHuningdek, fakultet dekanlariga va barcha kafedra mudirlariga 2017-2018
o’quv yilining kuzgi semestri yakuni bo’yicha 2-qaydnomalarni yakunlashlari
xususida aniq ko’rsatmalar berildi. Yig’ilishda fakultet dekanlari, kafedra mudirlari
va bo’lim boshliqlari qatnashdilar.