O’zbekiston: Institutda 2018-2019 o’quv yili uchun qabul kvotalarini shakllantirish bo’yicha yig’ilish o’tkazildi

O’zbekiston / 2018 yil 25 fevral / Muallif: Yangiliklar / Manba: Andmiedu

2018 yil 17 fevral kuni institutning katta anjumanlar zalida yig’ilish o’tkazildi.

Ushbu yig’ilishni O’quv ishlari bo’yicha prorektor Q.Ermatov olib bordi.

Yig’ilishda institutning 2018/2019 o’quv yili uchun qabul kvotasi bo’yicha

ta’limning kunduzgi, sirtqi va kechki shakliga korxona va tashkilotlarning

kadrlarga bo’lgan talab va extiyojlaridan kelib chiqib shakllantirilgan

ma’lumotlar Viloyatning iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish

bosh boshqarmasiga taqdim etilganligi bildirildi.

Marketing bo’limi boshlig’i, fakultet dekanlari va yo’nalish kafedra

mudirlariga o’z yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha bakalavriat

ta’lim yo’nalishlarining kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shakllari  va

magistratura mutaxassisliklari bo’yicha korxona va tashkilotlardan

tushgan talab va ehtiyojlar sonini yana bir bor muvofiqlashtirish, va

yetishmayotganlarini shakllantirish bo’yicha yo’l qo’yilgan kamchiliklarni

bartaraf etish bo’yicha topshiriqlar berildi.

Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20-son qarori bilan

tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov

asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risida nizom” talabalaridan kelib

chiqib kelgusi tanlovlarda  barcha professor-o’qituvchilar fol qatnashishi

lozimligi to’g’risida Kadrlar bo’limi boshlig’i Q.Mirzaev o’z so’zida to’xtalib o’tdi.

SHuningdek, fakultet dekanlariga va barcha kafedra mudirlariga 2017-2018

o’quv yilining kuzgi semestri yakuni bo’yicha 2-qaydnomalarni yakunlashlari

xususida aniq ko’rsatmalar berildi. Yig’ilishda fakultet dekanlari, kafedra mudirlari

va bo’lim boshliqlari qatnashdilar.

Yangiliklar manbasi:

Institutda 2018-2019 o’quv yili uchun qabul kvotalarini shakllantirish bo’yicha yig’ilish o’tkazildi.

Comparte este contenido: